Воскресенье, 21.04.2019, 15:49
Главная
Регистрация
Вход
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Sevgi haqida sherlar [2]
SMS Sh'erlar [0]
8-Mart xotin qizlar bayramiga sherlar [14]
21-Mart Navro'z bayramiga sherlar 2019 2020 [2]
Наш опрос
Оцените мой сайт ?
Всего ответов: 447
Статистика

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0

Navro‘z ayyom muborak!
NAVRO'Z BAYRAMIGA SHERLAR TO'PLAMI
Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko'z.
Dillardan mutlaqo g'ubor yo'qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko'rdik navruz.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to'lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko'rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo'lib.
Xush kelding baxor, hush ko'rdik navroz.
Navro'zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so'z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko'rdik navro'z.
Ҳадемай настарин гуллайди бодраб,
Осмонга ҳушимни элтиб ифори.
Қуёшли шудринглар тушар эрталаб.
Ювиб диллардаги қишнинг ғуборин.
Ҳадемай қалдирғоч келади қайтиб,
Ўрик шоҳларида бўртар довучча,
Турналар азалий қўшиғин айтиб,
Сумалак пишади тонг отгунича.
Ҳадемай лолалар бўсадек титраб,
Тоғлар виқорига мунис боқарлар,
Яна неча-неча ошиқлар йиғлаб,
Бир-бирин бағрида гулҳан ёқарлар.
Менинг бир куним ҳам кун деб Қиш ночор,
Кетолмай қор сепиб туради ҳануз,
Бир куй яралади,Қуёш бастакор,
Ҳадемай Наврўздир, ҳадемай Наврўз!
Baxor gullaridan guldasta sizga
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga
Bir asr yashanggu, ya'na nim chorak
NAVRO'ZI OLAM bo'lsin muborak
Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo'lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi

Источник: http://googleweblight.com/i?u=http://www.sherlar.net/hikoya-sherlar-aforizmlar/yangi_sherlar_ta_39_sirli_manoli_dardli_s
Категория: 21-Mart Navro'z bayramiga sherlar 2019 2020 | Добавил: ADMINKA (20.03.2019)
Просмотров: 23 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Введите ваш логин и пароль
img
img
Забыли пароль?
Регистрация
Поиск
Друзья сайта

| ERKABOY PRO © 2019 | |