Пятница, 22.02.2019, 00:03
Главная
Регистрация
Вход
MUSIQALAR.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo yangiliklari [9]
Yurtimiz yangiliklari [11]
Sport yangiliklari [9]
Shoubiznes yangiliklari [7]
Foydali maslahatlar [8]
Salomatlik sirlari [2]
Boy bo'lish sirlari haqida [1]
Ob havo malumotlari [3]
Qo'shiq matni [0]
Latifalar olami [0]
Salomatlik sirlari [0]
Tehnologiya [1]
Psixologik testlar [2]
Kino va seriallar haqida malumotlar [12]
Kino va seriallar voqealar rivoji [2]
Tadqiqotlar [0]
Pazandalik sirlari / Ovqat pishirishni o'rganish [0]
Pishiriq qilish / Mazzali piroglar [0]
Master maqolalar [1]
Dasturlash tillari haqida [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт ?
Всего ответов: 446
Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

12:24
VPN – O‘zbekistonda davlat xavfsizligi uchun yangi xavf! Uni hatto Hukumatdagilar ishlatyapti
Anchadan buyon og‘iz juftlab, aytishga vaqtmi yo qulay vaziyatni topolmay, yo‘q, qog‘ozga tushirolmay yurgan bir gapim bor: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’ga qanday kiryapti? U ba’zan Hukumat faoliyatiga doir xabarlarni Facebook’dagi sahifasi orqali e’lon qiladi. Ayrim hollarda boshqa mahalliy internet-nashrlarning maqolalarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishadi. Qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, u doim onlayn holatda!

Bular qatoriga davlat rasmiylaridan Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori v.v.b. Komiljon Allamjonov, Oliy Majlis deputati Rasul Kusherboyevni, Toshkent shahar hokimiyati va boshqa viloyatlar hokimliklarini keltirish va bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin? Xo‘sh, ular Facebook’dan qanday foydalanyapti? VPN orqali, shundaymi?

Tugab borayotgan yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, xususan internet tizimida O‘zbekiston uchun katta yo‘qotishlar yili bo‘lyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qaysi davraga kirmang, odamlar internetning pastligi, uyali aloqaning sifati yomonligi, to‘lanayotgan mablag‘ga nisbatan, ehtiyojga mos xizmat ko‘rsatilmayotganidan noliydi. Mamlakatda oxirgi uch oydan ziyodroq vaqt davomida nafaqat xorijiy, balki mahalliy saytlarga kirish kun sayin qiyinlashyapti. Bu ham yetmagandek, Facebook ijtimoiy tarmog‘i hech qanday izohsiz cheklab qo‘yildi. Unga VPN’siz ulanishning imkoni bo‘lmayapti. Facebook ortidan YouTube ham norasmiy taqiqqa uchradi.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb nomlangan joriy yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir necha bor axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yig‘ilish o‘tkazdi va har bir uchrashuvda O‘zbekistonda internet tezligi past, sifat yomonligini tanqid qildi.

Ba’zan o‘zgarishlar bir zumda bo‘lmaydi, kutish, sabr qilish kerak, deb o‘zimizni o‘zimiz yupatamiz. Boriga shukr qilishga harakat qilamiz. Yuqorida o‘tirganlarga ham oson emas, minglab odam harakat qilyapti, deymiz. Lekin 2018 yilda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida amalga oshirilgan ishlarni tarozining bir pallasiga, ikkinchisiga esa odamlarning noroziligi, cheki-chegarasi yo‘q shikoyatlar va arzlarni qo‘yaylikchi, qay biri ko‘proq tosh bosarkin...

Endi esa maqola avvalida boshlaganimiz VPN masalasiga to‘xtalsak. Joriy yilgacha O‘zbekistonda kam sonli internet foydalanuvchilarigina VPN nimaligini bilar edi. Ularning yana bir necha kam sonlisigina VPN’dan foydalanardi.

Xo‘sh, VPN nima o‘zi?

Odam tilida tushuntiradigan bo‘lsak, VPN cheklab qo‘yilgan saytlarga kirish imkoniyatini yaratuvchi vositadir. Siz VPN orqali Facebook va YouTube’ga kiryapman, desangiz xato qilasiz. Chunki, VPN tugmachasini bosish orqali, o‘zingiz haqingizdagi barcha ma’lumotlarni, hatto, shaxsiy sahifangiz parolini ham xorijdagi xakerlarga uzatasiz. Bundan kelib chiqsak, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovdan tortib, Fecebook’ga VPN orqali ulanayotgan boshqa amaldorlarning shaxsiy ma’lumotlari allaqachon xalqaro bazadan o‘rin olib bo‘lgan.

Tan olish kerak, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimida ish boshlagandan buyon mamlakatda VPN’ga ehtiyoj qolmagan edi. Chunki, O‘zbekistonda aytib bo‘lmaydigan, chiqarilishi cheklangan yoki taqiqlangan axborot qolmadi. Prezident OAV faoliyatini ochiq, erkin va shaffof bo‘lishiga shaxsan e’tibor qaratdi. O‘z-o‘zidan O‘zbekistonda Hukumatidagi voqeliklardan tortib, oddiy odamlar hayotidagi o‘zgarishlarni yoritib kelayotgan xorijiy saytlarga yashirincha kirish kamaydi. Bu esa VPN qurilmasini ishlatuvchilar soni tushib ketishiga olib keldi. O‘zbekistonda milliy axborot segmentiga e’tibor kuchaydi, mahalliy interne
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 8 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: 06 Fevral VPN – O‘zbekistonda davla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Введите ваш логин и пароль
img
img
Забыли пароль?
Регистрация
Поиск
Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта

| ERKABOY PRO © 2019 | |