Четверг, 21.02.2019, 23:58
Главная
Регистрация
Вход
MUSIQALAR.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo yangiliklari [9]
Yurtimiz yangiliklari [11]
Sport yangiliklari [9]
Shoubiznes yangiliklari [7]
Foydali maslahatlar [8]
Salomatlik sirlari [2]
Boy bo'lish sirlari haqida [1]
Ob havo malumotlari [3]
Qo'shiq matni [0]
Latifalar olami [0]
Salomatlik sirlari [0]
Tehnologiya [1]
Psixologik testlar [2]
Kino va seriallar haqida malumotlar [12]
Kino va seriallar voqealar rivoji [2]
Tadqiqotlar [0]
Pazandalik sirlari / Ovqat pishirishni o'rganish [0]
Pishiriq qilish / Mazzali piroglar [0]
Master maqolalar [1]
Dasturlash tillari haqida [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт ?
Всего ответов: 446
Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

22:34
Tuba Buyukustun o'zbek teleekranlariga qaytmoqda
2019 yil 28 yanvardan boshlab turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Pul va gul ishqi” (“Kara para aşk”) teleseriali soat 20:50da “Mening yurtim” telekanalida o‘zbek tilida namoyish etila boshlanadi.

My5 milliy seriallar tizimini saqlab qolgan telekanal hisoblanadi. Sakson qismdan iborat “Fitna” seriali ko‘pchilik teletomoshabinlar qalbini zabt etdi, hozir efirda ketayotgan Ozod Shamsning “Yuraklar jangi” ham o‘z auditoriyasini yig‘a oldi. Bahoriy mavsumda esa 200 qismlik “Jurnalist” milliy teleseriali ham muxlislarga taqdim etiladi.

Milliy seriallarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirgan holda telekanal rahbariyati ko‘p sonli teletomoshabinlarning talab va istaklaridan kelib chiqib, xorij serialini ham efirga uzatishni rejalashtirmoqda.

Aksariyat tanqidiga sabab bo‘layotgan va tarbiyaviy me'yorlarga mos kelmaydigan seriallardan farqli o‘laroq, “Pul va gul ishqi”ning asosiy mohiyati insoniy munosabatlar, pok muhabbat, halol mehnat, vatanparvarlik, adolat va sadoqat asosiga qurilishi kerakligi xulosasini beradi. Mana shu jihatlar sabab bo‘lsa kerak, bu serial dunyoning 30 ga yaqin davlatlarida namoyish etilgan.

“Pul va gul ishqi” drama va melodrama janrida bo‘lib, rejissyor Axmed Katiksiz tomonidan suratga olingan. Unda turk kinosining mashhur yulduzlari Tuba Buyukustun, Engin Oyyurak, Nebahat Chehra, Erkan Jan, Saygin Sosyal va Tumana Turkay kabi aktyorlar ishtirok etgan. O‘zbek teletomoshabinlar uchun Tuba Buyukustun nomi juda yaxshi tanish bo‘lib, u “Osiyo”, “Arg‘uvonlar ostida” va “Jasur va go‘zal” kabi seriallardagi rollari bilan tomoshabinlarning qalbini zabt eta olgan.

Serial politsiya komissari O‘merning odam savdosiga qarshi operatsiyasi bilan boshlanadi. O‘mer kasbiga sadoqatli xodim sifatida ishga qattiq berilganida bu operatsiya sabab unashtirish marosimini ham kechiktiradi. Ikkinchi qahramonimiz Elif esa biznes olamining nufuzli kishilardan bo‘lgan Ahmet Denizerning qizi bo‘lib, o‘ziga xos go‘zalligi va latofati bilan ajralib turadi. E'tibor bergan bo‘lsangiz, serial detektiv seriallardek boshlandi biroq, kutilmagan fojia O‘mer va Elif yo‘llarini birlashtiradi. Jinoyat joyiga kelgan O‘mer mashinada qallig‘i va Ahmet Denizerni o‘lik holda topadi. Bu ayanchli fojyea O‘merni judolik alamidan-da kuchli jumboqli savollar iskanjasiga soladi. O‘mer va Elifning favqulodda vaziyatdagi tanishuvi ular hayotidagi sinovlarning ibtidosi edi. Agar bu bir ko‘rishda muhabbat deganlari shu bo‘lsa ilk uchrashuvdayoq uchqun otib, kelajakda otashin ishqqa aylanishi turgan gap edi. Ularning ikkisi ham oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlar egasidir.

Teleserial ijodiy guruhi tomonidan juda yorqin va iste'dodli aktyorlar guruhi tanlangan bo‘lib, ularning har birini ijrosi esda qolarli, ta'sirli va kishini lol qilar darajada professionaldir. Hashamdor dekoratsiyalar, zamonaviy obrazlar, qalbga malham beruvchi musiqalar, Istanbulning go‘zal manzaralar va Omer va Elif o‘rtasidagi hissiyotlar shu qadar ishonarli chiqqanki, hatto bir lahzaga televizor tomosha qilayotganingizni ham unutib qo‘yasiz. Aktrisa ham bejizga bu roli uchun xalqaro Emmi mukofotini qo‘lga kiritmaganiga yana bir bor amin bo‘lasiz.

Serialni o‘zbek tiliga ovozlashtirishda o‘zbek kino san'ati va dublyajining yorqin namoyondalari ishtiroki ko‘zlangan bo‘lib, unda siz O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hojiakbar Komilov, Sanjar Sa'dullayev, Hoshim Arslonov, Dildora Rustamova va Dildora Bekjonovalarning san'atidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Yana bir muhim jihat shundaki, yurtimizda namoyish etilgan turk seriallaridagi Tuba Buyukustun obraziga mahoratli dublyaj ustasi Dildora Rustamova ovoz bergan. Bu serialda ham Tuba ijrosidagi Elif obraziga Dildora Rustamova ovoz berishi uning badiiy saviyasini yanada yuksaltiradi, deyish mumkin.
Категория: Kino va seriallar haqida malumotlar | Просмотров: 12 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: qaytmoqda, teleekranlariga, tuba, Buyukustun, O'zbek | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Введите ваш логин и пароль
img
img
Забыли пароль?
Регистрация
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта

| ERKABOY PRO © 2019 | |