Воскресенье, 17.02.2019, 19:48
Главная
Регистрация
Вход
MUSIQALAR.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo yangiliklari [9]
Yurtimiz yangiliklari [11]
Sport yangiliklari [9]
Shoubiznes yangiliklari [7]
Foydali maslahatlar [8]
Salomatlik sirlari [2]
Boy bo'lish sirlari haqida [1]
Ob havo malumotlari [3]
Qo'shiq matni [0]
Latifalar olami [0]
Salomatlik sirlari [0]
Tehnologiya [1]
Psixologik testlar [2]
Kino va seriallar haqida malumotlar [11]
Kino va seriallar voqealar rivoji [2]
Tadqiqotlar [0]
Pazandalik sirlari / Ovqat pishirishni o'rganish [0]
Pishiriq qilish / Mazzali piroglar [0]
Master maqolalar [1]
Dasturlash tillari haqida [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт ?
Всего ответов: 446
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

12:30
Nima uchun millat mentalitetini turklarga sotyapsizlar? – Tomoshabin e’tirozi
Bugun O‘zbekistonda turk serial va filmlari kirib bormagan telekanallar qolmadi. Ayrim telekanallar esa Turkiyadagi TVlarning o‘zbekcha analogiga aylandi, qoldi. Ularning ko‘plarida g‘arbga bo‘lgan havasni, milliy mentalitetni mensimaslikni ko‘rish mumkin. Seriallarning ko‘plari esa yoshlar tarbiyasiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘p bor ta’kidlanmoqda.

“Zo‘r” telekanali mamlakatda eng ko‘p tomoshabinga ega telekanallardan biri sanaladi. Unda namoyish etilayotgan turk seriallari doimiy tanqidlarga sabab bo‘lib kelgan. Yaqinda tomoshabinlardan biri “Zo‘r” telekanaliga qo‘ng‘iroq qilib, unda namoyish etilayotgan “Hovli” seriali bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha, serial nafaqat yoshlar, balki bolalar tarbiyasiga ham juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni izdan chiqaradi. Tarbiyasini buzadi.

Murojaatchi telekanal xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni yozib olgan. Ushbu suhbatni yuqoridagi slayder orqali tinglashingiz mumkin.

U o‘z murojaatida qiz farzandi borligi va u qamoqxonadagi ayollarning turmushini ko‘rib, birovning eriga jazman bo‘lib yurayotgani tasvirlangan seriallardan ibrat olib ulg‘ayishini istamasligini aytadi. “Nima uchun millat mentalitetini turklarga sotyapsizlar”, deb iddao qiladi.

O‘zini Elmurod Soliyev deb tanishtirgan tomoshabin bugun turk seriallariga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda kampaniya boshlasa, kamida 6-7 million odam unga ergashishini aytib, serialni namoyishdan to‘xtatishni talab qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bungacha “Zo‘r” telekanalida namoyish etilgan “Sevgi iztirobi” seriali ham juda katta tanqidlarga sabab bo‘lib, hatto, Hukumat darajasida muhokama qilingandi. Bosh vazir Abdulla Aripovning ko‘rsatmasiga binoan ushbu serial namoyish to‘xtatildi.

“Zo‘r” telekanali orqali efirga uzatilgan va ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan navbatdagi serial esa “Gullar iztirobi” bo‘lgandi. Bu haqda avvalroq QALAMPIR.UZ’da ham tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Ammo, serial namoyishdan olib tashlangani yo‘q. Aksincha, serial ortidan telekanalning tomoshabinlari soni ortdi.

Mazkur suhbatni Mover’dagi sahifamizda ham tinglashingiz mumkin.
Категория: Kino va seriallar haqida malumotlar | Просмотров: 4 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: mentalitetini, turklarga, uchun, millat, Tomoshabin, Nima, e’tirozi, sotyapsizlar? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Введите ваш логин и пароль
img
img
Забыли пароль?
Регистрация
Поиск
Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта

| ERKABOY PRO © 2019 | |